“Master-trenerlarni tayyorlash bo‘yicha trening” doirasida amaliy mashg‘ulotlar qizg‘in davom etmoqda.
Unda 320 nafar master-trener 2026–2027-o‘quv yilida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish uchun zamonaviy metod va yondashuvlarni o‘zlashtirmoqda.
💠 Treningda Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi fan metodistlari ham master-trener sifatida faol ishtirok etib, ilg‘or metodik yondashuvlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va samarali tajribalarni o‘zlashtirmoqda.
🫥 Mazkur trening pedagoglarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy ta’lim yondashuvlarini amaliyotga tatbiq etish hamda “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.





