XORIJIY DELEGATSIYA XORAZM VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZIDA

XORIJIY DELEGATSIYA XORAZM VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZIDA


Bugun,15-may kuni Ozarbayjondan tashrif buyurgan delegatsiya Pedagogik mahorat markaziga tashrif buyurdi. Mehmonlarni Markaz direktori Salayev Jasurbek Komilovich samimiy kutib oldi va ularni Markaz faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi.

Tashrif davomida o‘zaro tajriba almashildi, ta’lim sifatini oshirish yo‘nalishida fikrlar bildirildi. Xorijlik mehmonlarga markaz direktori o‘z qalamiga mansub "Tabarruk ta'lim maskanim" nomli kitobini esdalik sifatida hadya etdi.

Bu tashrif ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
15-05-2025, 17:24
Sahifaga qaytish