TURKIYALIK MUTAXASSIS ISHTIROKIDA MAHORAT DARSI

TURKIYALIK MUTAXASSIS ISHTIROKIDA MAHORAT DARSI



 2026-yil 17-sentabr kuni Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida Fanlarni rivojlantirish bo‘limi tashabbusi bilan  ona tili va adabiyot fani yo‘nalishida malaka oshirish kursida tahsil olayotgan tinglovchilar uchun xorijiy mutaxassis ishtirokida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.

 Mahorat darsi tajribali turkiyalik mutaxassis Suludag Yavuz Hazal tomonidan olib borildi.

 Mashg‘ulot davomida tinglovchilarga zamonaviy pedagogik yondashuvlar, samarali ta’lim metodlari hamda ilg‘or xorijiy tajribalar asosida amaliy tavsiyalar berildi.

 Xorijiy tajriba — yangi bilim, yangi yondashuv va yangi imkoniyatlar sari muhim qadam!

18-09-2026, 09:18
Sahifaga qaytish