MUROJAATLAR TINGLANDI, MASALALAR O‘RGANILDI

MUROJAATLAR TINGLANDI, MASALALAR O‘RGANILDI



✅ Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Salayev Jasurbek Komilovich tomonidan fuqarolar, pedagog xodimlar hamda boshqa murojaatchilarning qabuli o‘tkazildi.

✅ Qabul davomida murojaatchilarning savol, taklif va murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar atroflicha o‘rganildi. Xususan, pedagog xodimlarning kasbiy rivojlanishi, malaka oshirish jarayonlari hamda ta’lim sohasiga oid masalalar yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.

✅ Murojaatlarning aksariyati yuzasidan joyida tegishli tushuntirish va amaliy yechimlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar esa nazoratga olinib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ul mutaxassislarga tegishli vazifalar yuklatildi.

📌 Fuqarolar va pedagog xodimlarning murojaatlarini o‘rganish, ularning takliflarini qo‘llab-quvvatlash hamda muammolariga amaliy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

🤝 Har bir murojaat — e’tiborimizda!


24-09-2026, 14:13
Sahifaga qaytish