🫥 Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida sentyabr oyida tashkil etilgan 100 soatlik malaka oshirish kurslari muvaffaqiyatli yakunlanmoqda.
✅ O‘quv mashg‘ulotlari davomida pedagog xodimlarning zamonaviy ta’lim metodlari, innovatsion yondashuvlar va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bo‘yicha bilim hamda amaliy ko‘nikmalari yanada mustahkamlandi.
🫥 Kurslarning yakuniy bosqichida tinglovchilar tomonidan loyiha ishlari himoya qilindi. Yakuniy baholash jarayonlari test sinovlari, loyiha ishlari va mikrodars taqdimotlari asosida tashkil etildi.
⭐️ Shu tariqa tinglovchilar malaka oshirish jarayonida egallagan bilim va ko‘nikmalarini amaliy faoliyat orqali namoyon etdilar.
🫥 Yakuniy jarayonlarda Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Salayev Jasurbek Komilovich ham ishtirok etib, tinglovchilar bilan muloqot qildi hamda ularning loyiha ishlari va taqdimotlarini kuzatdi.




