3-KUN: “METODIK MAHORAT KUNI” VA “METODIK MAHORAT SOATI” — AMALIY MASHG‘ULOTLAR DAVOM ETMOQDA

3-KUN: “METODIK MAHORAT KUNI” VA “METODIK MAHORAT SOATI” — AMALIY MASHG‘ULOTLAR DAVOM ETMOQDA



✅ Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan mentor-trenerlarni tayyorlashga qaratilgan qisqa muddatli o‘quv kursi izchil davom etmoqda.

🤔 Bugungi mashg‘ulotlarda “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati”ni samarali tashkil etishning mazmuni, metodik faoliyatni rejalashtirish, pedagoglar bilan ishlashning zamonaviy shakl va usullari hamda amaliy yondashuvlar atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.

✅  Jarayon davomida mentor-trenerlarning metodik rivojlantirish, pedagoglarning kasbiy ehtiyojlarini aniqlash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va ularni ta’lim amaliyotiga samarali tatbiq etish bo‘yicha amaliy topshiriqlar bajarilmoqda.

🤔 Shuningdek, interaktiv mashg‘ulotlar va amaliy muhokamalar orqali ishtirokchilarning mentorlik faoliyatini samarali tashkil etish, tajriba almashish hamda pedagoglarni kasbiy rivojlanishga yo‘naltirish ko‘nikmalari yanada mustahkamlanmoqda.
25-09-2026, 15:11
Sahifaga qaytish