✅ Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida sentyabr oyida tashkil etilgan 100 soatlik malaka oshirish kurslarida yakuniy baholash jarayonlari o‘tkazilmoqda.
🫥 Tinglovchilar kurs davomida egallagan bilimlarini test sinovlari, loyiha ishlari himoyasi hamda mikrodars taqdimotlari orqali namoyish etdilar.
✍️ Yakuniy jarayonlarda pedagoglarning zamonaviy ta’lim metodlari, innovatsion yondashuvlar va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalariga alohida e’tibor qaratildi.

