“METODIK MAHORAT KUNI” VA “METODIK MAHORAT SOATI” — YAKUNLANDI

“METODIK MAHORAT KUNI” VA “METODIK MAHORAT SOATI” — YAKUNLANDI



🫥 BUGUN, 25-sentabr kuni  Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan mentor-trenerlarni tayyorlashga qaratilgan qisqa muddatli o‘quv kursi yakunlandi.

✅  Kurs davomida metodik faoliyatni samarali tashkil etish, pedagoglar bilan ishlashning zamonaviy shakllari va ilg‘or tajribalarni ommalashtirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

✍️ Yakuniy tadbirda markaz direktori, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Salayev Jasurbek Komilovich ishtirokchilarni tabriklab, ularga sertifikat va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

⭐ Kurs ishtirokchilarning metodik va mentorlik ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
25-09-2026, 15:17
Sahifaga qaytish