✅ Ayni damda Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” doirasida mentorlarni tayyorlash bo‘yicha trening mashg‘ulotlariga start berildi.
✍️ Trening mashg‘ulotlarining ochilish marosimida markaz direktori, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Salayev Jasurbek Komilovich ishtirok etib, treningning maqsad va vazifalari, mentorlik faoliyatining muhim jihatlari haqida so‘z yuritdi.
🎯 Mashg‘ulotlar davomida mentorlarning kasbiy salohiyatini oshirish, samarali mentorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda zamonaviy yondashuvlardan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar shakllantiriladi.
🤩 Trening 28-30-sentabr kunlari davom etadi...
Bizni kuzatishda davom eting


