🫥 Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida 12 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha 22 nafar master-trener tomonidan 244 nafar tuman va shahar mentorlari uchun o‘quv-trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.
✍️ Treninglarning asosiy maqsadi — “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini sifatli tashkil eta oladigan, yetakchi o‘qituvchilarga metodik ko‘mak beradigan malakali mentorlarni tayyorlash.
✅ Mashg‘ulotlar tasdiqlangan o‘quv reja-dasturi, metodik qo‘llanmalar va amaliy topshiriqlar asosida fan yo‘nalishlari bo‘yicha sho‘balarda olib borildi.
✨ Mentorlar oktabr oyidan boshlab 65 ta tayanch maktabda “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlarini tashkil etadilar. Jarayon 6 000 nafarga yaqin yetakchi o‘qituvchi ishtirokidagi “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari orqali davom ettiriladi.




