MENTORLAR UCHUN TRENING MASHG‘ULOTLARI YAKUNLANDI

MENTORLAR UCHUN TRENING MASHG‘ULOTLARI YAKUNLANDI



🫥  Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” doirasida mentor-trenerlarni tayyorlashga qaratilgan trening mashg‘ulotlari yakunlandi.

✍️  Treninglar 12 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha 22 nafar master-trener tomonidan tashkil etilib, unda 244 nafar tuman va shahar mentori ishtirok etdi.

✅  Mashg‘ulotlar davomida mentorlarning kasbiy va metodik salohiyatini oshirish, zamonaviy yondashuvlardan samarali foydalanish hamda kasbiy rivojlanish jarayonlarini sifatli tashkil etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar mustahkamlandi.

🤔 Trening yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi. Sertifikatlarni Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Matnazarov Muzaffar Kutlimuratovich tantanali ravishda topshirdi.
Kasbiy rivojlanish yo‘lida yangi marralar sari!
2-10-2026, 09:14
Sahifaga qaytish