TAYANCH MAKTABLARDA «KASBIY RIVOJLANISH KUNI» TADBIRLARIGA START BERILDI

TAYANCH MAKTABLARDA «KASBIY RIVOJLANISH KUNI» TADBIRLARIGA START BERILDI



🔘 Bugun, 5-oktabr kuni Xorazm viloyatidagi tayanch maktablarda «Kasbiy rivojlanish kuni» tadbirlariga start berildi.

↪️ 2026–2027-o‘quv yilida pedagoglarning kasbiy salohiyati va faoliyat samaradorligini izchil oshirib borish maqsadida viloyatning tuman va shaharlaridagi tayanch maktablarda ijtimoiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha ilk «Kasbiy rivojlanish kuni» tadbirlari tashkil etildi.

🤔Tadbirlar davomida Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi master-trenerlari ham faol ishtirok etib, yetakchi o‘qituvchilarga ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy yondashuvlar hamda maktablarda Kasbiy rivojlanish soati (KRS) tadbirlarini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdilar.

↪️ Mazkur jarayonlar pedagoglarning o‘zaro tajriba almashishi, ilg‘or metodikalarni ommalashtirishi va ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
6-10-2026, 08:54
Sahifaga qaytish