↪️ Mavzu: “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi — maktabgacha ta’lim sifatining muhim asosi
✅ Joriy yilning 6-oktabr kuni tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yetakchi pedagoglar bilan hamkorlikda “Metodik mahorat” tadbirlariga start berildi.
↪️ Tadbirda Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi Maktabgacha ta’limni muvofiqlashtirish bo‘limi xodimlari hamda metodistlar mashg‘ulotlar jarayoni yuzasidan pedagoglarga metodik kuzatishdi hamda tavsiya va amaliy ko‘rsatmalar berishdi. Bu galgi mashg‘ulotlar “Ilk qadam” milliy o‘quv dasturi mavzusiga bag‘ishlandi.
🤔 Tadbir davomida “Ilk qadam” milliy dasturining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari, bolaga yo‘naltirilgan ta’lim yondashuvi, rivojlantiruvchi ta’lim muhitini yaratish hamda bolaning individual imkoniyatlarini hisobga olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Shuningdek, yetakchi pedagoglar o‘rtasida tajriba almashish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish va ta’lim-tarbiya jarayonida samarali metodlardan foydalanish bo‘yicha amaliy fikr-mulohazalar almashildi.
🤔 “Ilk qadam” — bolaning ilk ta’limiy qadamlari, mustaqil fikrlashi va har tomonlama rivojlanishi uchun mustahkam poydevor!

