🤔 2026-yil 8-oktabr kuni Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida Fanlarni rivojlantirish bo‘limi tashabbusi bilan ingliz tili fani yo‘nalishida malaka oshirish kursida tahsil olayotgan tinglovchilar uchun xorijiy mutaxassis ishtirokida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.
🎓 Mashg‘ulot markaz direktorining ta’limni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi, xorijiy ekspert Solomons Donovan Benedict tomonidan olib borildi.
🤔 Mahorat darsi davomida ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, samarali metodlar hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi


