FRANSIYA TAJRIBASI XORAZM PEDAGOGLARI AMALIYOTIDA

FRANSIYA TAJRIBASI XORAZM PEDAGOGLARI AMALIYOTIDA



✅ Xalqaro tajriba almashish, zamonaviy ta’lim metodikalarini ommalashtirish va pedagoglarning kasbiy mahoratini rivojlantirish yo‘lida muhim amaliy qadam!

🤔 Joriy yilning 6-noyabr kuni Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida Fransiya Respublikasining Nitssa shahrida xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etib qaytgan 13 nafar xorazmlik pedagog hamda xorijiy mutaxassis-o‘qituvchilar ishtirokida keng qamrovli seminar-treninglar tashkil etildi.

✍️ Tadbirni Markaz direktori, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Salayev Jasurbek Komilovich ochib berdi.
🇫🇷 Seminar-treninglarda Fransiyada o‘zlashtirilgan ilg‘or pedagogik tajribalar, zamonaviy ta’lim metodikalari va interfaol o‘qitish usullari amaliy mashg‘ulotlar orqali namoyish etildi.

🤔🤝 Shuningdek, Markaz va Prezident maktabi o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi doirasida Prezident maktabining xorijiy mutaxassis-o‘qituvchilari ham ishtirok etib, o‘zlarining ilg‘or pedagogik tajribalari va zamonaviy ta’lim metodlari bilan o‘rtoqlashdilar.

✅  E’tiborlisi, seminar-treninglar davomida kurs tinglovchilari ilg‘or xorijiy tajribalar, zamonaviy ta’lim metodlari va samarali pedagogik yondashuvlar bilan tanishib, ularni o‘z faoliyatida qo‘llash bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini boyitdilar.

⭐️ Zero, ilg‘or tajribaning haqiqiy samarasi uni o‘rganish, baham ko‘rish va amaliyotga tatbiq etishda namoyon bo‘ladi!
7-11-2026, 10:02
Sahifaga qaytish