O‘zbekiston – Ozarbayjon: Ta’lim va ilm-fan sohasida hamkorlikning yangi bosqichi

O‘zbekiston – Ozarbayjon: Ta’lim va ilm-fan sohasida hamkorlikning yangi bosqichi

Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Salayev Jasurbek Komilovich boshchiligidagi delegatsiya Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida rasmiy tashrif bilan xizmat safarida boldi.

Tashrif doirasida amalga oshirilgan muhim tadbirlar:

✅Ozarbayjon Davlat Pedagogika Universitetida bo‘lib o‘tgan “Adabiy aloqa – ijodiy jarayon ko‘zgusi” antologiyasi taqdimotida ishtirok etdi.
Markaz direktori Salayev Jasurbek Komilovich ta'lim tizimidagi o‘zaro tarixiy mushtaraklik va hamkorlik istiqbollari haqida ma’ruza qildi.

✅Ozarbayjon milliy fanlar Akademiyasi prezidenti -Akademik Iso Xabibbeyli bilan ilmiy-tadqiqot, stajirovka va ta’limiy loyihalarni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.

✅ Ozarbayjon Davlat Pedagogika Universitetida xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Huseynova Mahiraxonim bilan muzokaralar o‘tkazilib, ilmiy va pedagogik sohalarda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish yuzasidan memorandum imzolandi.

✅Delegatsiya Tog‘li Qorabog‘ mintaqasiga tashrif buyurib, Fuzuliy shahridagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi umumta’lim maktabi faoliyati bilan tanishdi, o‘zaro do‘stlik va qardoshlik rishtalarini mustahkamlash yo‘lida yangi qadamlar tashlandi.

✅ Qorabog‘ Universiteti rektori Shahin Vagif o‘g‘li Bayramov bilan uchrashuv o‘tkazilib, ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlik qilish, shuningdek, ilmiy salohiyatga ega kadrlar tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

😃Mazkur tashrif O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik va qardoshlik rishtalarini yanada mustahkamlash, shuningdek, ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
3-10-2025, 10:54
Sahifaga qaytish