Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun

2026-yil 17-mart kuni Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazining “Aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi tomonidan markaz o‘qituvchilari uchun “Ta’limda sun’iy intellekt texnologiyalari” mavzusida amaliy seminar tashkil etiladi.

✍️Mazkur seminar kafedra mudiri Davletov Rasulbek Marimbayevich, katta o‘qituvchilar Iskandarov Ko‘palboy Abdullayevich hamda Askarov Faxritdin Abdusharipovich rahbarligida o‘tkaziladi. Seminar davomida ta’lim jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish, zamonaviy raqamli vositalarni dars jarayoniga integratsiya qilish hamda amaliy tajribalar bilan o‘rtoqlashish masalalari yoritiladi.

🎓Barcha fan o‘qituvchilarini ushbu amaliy seminarda faol ishtirok etishga taklif etamiz.


16-03-2026, 12:50
Ko'rishlar: 10
Sahifani chop etish