✍️Mazkur seminar kafedra mudiri Davletov Rasulbek Marimbayevich, katta o‘qituvchilar Iskandarov Ko‘palboy Abdullayevich hamda Askarov Faxritdin Abdusharipovich rahbarligida o‘tkaziladi. Seminar davomida ta’lim jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish, zamonaviy raqamli vositalarni dars jarayoniga integratsiya qilish hamda amaliy tajribalar bilan o‘rtoqlashish masalalari yoritiladi.
🎓Barcha fan o‘qituvchilarini ushbu amaliy seminarda faol ishtirok etishga taklif etamiz.