Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun

✅2025-yil 8–9-sentabr kunlari Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tashabbusi bilan “Ishonch 2030 – O‘zbekistonda ta’limni rag‘batlantirish: AKT va raqamli ta’limdan foydalanish orqali sifatli va inklyuziv ta’lim natijalarini ta’minlash” loyihasi doirasida ikki kunlik seminar bo‘lib o‘tdi.

⚙️Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi pilot maktablar rahbar va o‘qituvchilari, shuningdek Pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. Tadbir davomida xorijiy mutaxassislar hamda master-trenerlar tomonidan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg‘or tajribalar va samarali metodik yondashuvlar taqdim qilindi.

⚡Mazkur seminar ishtirokchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, o‘quv jarayoniga raqamli texnologiyalarni samarali tatbiq etish hamda inklyuziv ta’lim tamoyillarini keng yoyishda muhim ahamiyat kasb etdi.

🔗Bugun seminar o‘z nihoyasiga yetib, qatnashchilar yangi bilim va ko‘nikmalar bilan ta’lim sifatini yanada rivojlantirish yo‘lida faoliyatlarini davom ettiradilar.


9-09-2025, 16:01
Ko'rishlar: 46
Sahifani chop etish