⚙️Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi pilot maktablar rahbar va o‘qituvchilari, shuningdek Pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. Tadbir davomida xorijiy mutaxassislar hamda master-trenerlar tomonidan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg‘or tajribalar va samarali metodik yondashuvlar taqdim qilindi.
⚡Mazkur seminar ishtirokchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, o‘quv jarayoniga raqamli texnologiyalarni samarali tatbiq etish hamda inklyuziv ta’lim tamoyillarini keng yoyishda muhim ahamiyat kasb etdi.
🔗Bugun seminar o‘z nihoyasiga yetib, qatnashchilar yangi bilim va ko‘nikmalar bilan ta’lim sifatini yanada rivojlantirish yo‘lida faoliyatlarini davom ettiradilar.


