Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun

Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida Goethe-Institut O‘zbekiston filiali bilan hamkorlikda o‘qituvchilarning malakasini oshirishga qaratilgan seminar-trening birinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda.

✅Seminar doirasida markazda faoliyat yuritayotgan nemis tili kursi tinglovchilari bilan amaliy dars mashg‘ulotlari ham tashkil etildi. Mashg‘ulotlarni Goethe-Institut O‘zbekiston filiali vakillari - Shoira Urinbayeva, malaka oshirish loyihalari bo‘yicha xodim, hamda Aris Yalamov, ko‘ngilli amaliyotchi olib bormoqda.

✅Seminar-trening jarayonida markazning nemis va fransuz tillari metodisti Ibodullayeva Surayyo Sadullayevna ham faol ishtirok etmoqda.

✍️Mazkur hamkorlik o‘qituvchilarning metodik salohiyatini oshirish, xorijiy tillarni o‘qitish jarayonida ilg‘or yondashuvlarni tatbiq etish hamda o‘quv jarayonining samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.


13-10-2025, 14:31
Ko'rishlar: 7
Sahifani chop etish