✅Seminar doirasida markazda faoliyat yuritayotgan nemis tili kursi tinglovchilari bilan amaliy dars mashg‘ulotlari ham tashkil etildi. Mashg‘ulotlarni Goethe-Institut O‘zbekiston filiali vakillari - Shoira Urinbayeva, malaka oshirish loyihalari bo‘yicha xodim, hamda Aris Yalamov, ko‘ngilli amaliyotchi olib bormoqda.
✅Seminar-trening jarayonida markazning nemis va fransuz tillari metodisti Ibodullayeva Surayyo Sadullayevna ham faol ishtirok etmoqda.
✍️Mazkur hamkorlik o‘qituvchilarning metodik salohiyatini oshirish, xorijiy tillarni o‘qitish jarayonida ilg‘or yondashuvlarni tatbiq etish hamda o‘quv jarayonining samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.


