Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun

2025-yil 16–17 oktabr kunlari Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tashabbusi bilan “Ishonch 2030 – Matematika fanini rivojlantirish uchun EDUTEN raqamli platformasidan amaliy foydalanish” mavzusida ikki kunlik seminar-trening jarayoni bo'lib o'tmoqdai.

👥 Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi pilot maktablarning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda 6–7-sinflarda matematika fanidan dars beruvchi tajribali o‘qituvchilar ishtirok etmoqdalar.

🔴 Seminar-trening davomida ishtirokchilar ta’limda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, xususan, matematika fanini o‘qitishda EDUTEN raqamli platformasining amaliy imkoniyatlari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.

⏩Mashg‘ulotlar EDUTEN xalqaro eksperti Jussi-Pekka Jarvinen, UNICEFning O‘zbekistondagi Ta’lim bo‘limi rahbari Alberto Biankoli, hamda “Ishonch” jamg‘armasi va Fuqarolik jamiyati maslahat kengashi raisi Sayyora Xodjayeva tomonidan olib borildi. Ular o‘z chiqishlarida ilg‘or xalqaro tajriba va innovatsion yondashuvlar bilan bo‘lishdilar.

🤔 Seminarning rasmiy ochilish marosimida Pedagogik mahorat markazi direktori, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, faxriy professor Salayev Jasurbek Komilovich kirish so‘zi bilan qatnashdi. Shuningdek, tadbirda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Bektemirov Xamro Solayevich ham ishtirok etdi.

☺️Seminar ishtirokchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, matematika fanini interaktiv va samarali o‘qitish orqali ta’lim sifati va o‘quvchilarning individual ehtiyojlariga moslashuvchan yondashuvlarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etdi.


16-10-2025, 17:02
Ko'rishlar: 3
Sahifani chop etish