👥 Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi pilot maktablarning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda 6–7-sinflarda matematika fanidan dars beruvchi tajribali o‘qituvchilar ishtirok etmoqdalar.
🔴 Seminar-trening davomida ishtirokchilar ta’limda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, xususan, matematika fanini o‘qitishda EDUTEN raqamli platformasining amaliy imkoniyatlari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.
⏩Mashg‘ulotlar EDUTEN xalqaro eksperti Jussi-Pekka Jarvinen, UNICEFning O‘zbekistondagi Ta’lim bo‘limi rahbari Alberto Biankoli, hamda “Ishonch” jamg‘armasi va Fuqarolik jamiyati maslahat kengashi raisi Sayyora Xodjayeva tomonidan olib borildi. Ular o‘z chiqishlarida ilg‘or xalqaro tajriba va innovatsion yondashuvlar bilan bo‘lishdilar.
🤔 Seminarning rasmiy ochilish marosimida Pedagogik mahorat markazi direktori, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, faxriy professor Salayev Jasurbek Komilovich kirish so‘zi bilan qatnashdi. Shuningdek, tadbirda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Bektemirov Xamro Solayevich ham ishtirok etdi.
☺️Seminar ishtirokchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, matematika fanini interaktiv va samarali o‘qitish orqali ta’lim sifati va o‘quvchilarning individual ehtiyojlariga moslashuvchan yondashuvlarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etdi.



