Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun

Ayni damda Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida “Maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida navbatdagi seminar-treningga rasmiy start berildi.

✅Tadbirni markaz direktori, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, faxriy professor Salayev Jasurbek Komilovich ochib berdi.

✅Seminar-treningda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Bektemirov Xamro Solayevich ham ishtirok etdi.

✍️ Treningni UNICEFning erta rivojlanish va maktabgacha ta'lim masalalari bo'yicha mutaxassisi Vazira Nazarova hamda UNICEF xalqaro eksperti Kristian Fabbi olib bormoqda.

🤔 Mazkur seminar:
✅Islom Taraqqiyot Banki tashabbusi bilan ilgari surilgan “Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarmogʻini davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish” loyihasi,
✅ UNICEF va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida,
✅ “Pedagog va rahbarlarning salohiyatini mustahkamlash, kasbiy tayyorlash va malaka oshirish tizimini isloh qilish” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

☺️ Eslatib o'tamiz mazkur trening 3 kun davom etadi


22-10-2025, 13:02
Ko'rishlar: 51
Sahifani chop etish