✅Tadbirni markaz direktori, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, faxriy professor Salayev Jasurbek Komilovich ochib berdi.
✅Seminar-treningda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Bektemirov Xamro Solayevich ham ishtirok etdi.
✍️ Treningni UNICEFning erta rivojlanish va maktabgacha ta'lim masalalari bo'yicha mutaxassisi Vazira Nazarova hamda UNICEF xalqaro eksperti Kristian Fabbi olib bormoqda.
🤔 Mazkur seminar:
✅Islom Taraqqiyot Banki tashabbusi bilan ilgari surilgan “Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarmogʻini davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish” loyihasi,
✅ UNICEF va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida,
✅ “Pedagog va rahbarlarning salohiyatini mustahkamlash, kasbiy tayyorlash va malaka oshirish tizimini isloh qilish” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.
☺️ Eslatib o'tamiz mazkur trening 3 kun davom etadi




