Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun

BUGUN, 20-noyabr kuni Pedagogik mahorat markazida kimyo fani bo‘yicha tajribali metodist Qalandarova Matluba Sabirovna tomonidan “Darslarda loyiha ishlarini tashkillashtirish” mavzusida mahorat darsit tashkil etildi.

✍️Mashg‘ulot doirasida tinglovchilar ifloslangan suvdan ichimlik suvini olish bo‘yicha loyiha ustida ishladilar. Jarayon davomida ilmiy asoslangan, tejamkor filtrlash modellarini yaratish, ularning tuzilishi va ishlash prinsiplari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar shakllantirildi. Filtrlash mexanizmlarining ilmiy mohiyati amaliy namoyishlar orqali batafsil yoritib berildi.

🤔Mazkur o‘quv-amaliy mashg‘ulot pedagoglarda ilmiy asoslangan ijodkorlikni, amaliy tajribaga tayangan holda ishlash ko‘nikmalarini hamda loyihaviy faoliyatni samarali tashkil etish bo‘yicha kasbiy salohiyatni yanada mustahkamlashga xizmat etdi.


20-11-2025, 14:25
Ko'rishlar: 13
Sahifani chop etish