✍️Mashg‘ulot doirasida tinglovchilar ifloslangan suvdan ichimlik suvini olish bo‘yicha loyiha ustida ishladilar. Jarayon davomida ilmiy asoslangan, tejamkor filtrlash modellarini yaratish, ularning tuzilishi va ishlash prinsiplari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar shakllantirildi. Filtrlash mexanizmlarining ilmiy mohiyati amaliy namoyishlar orqali batafsil yoritib berildi.
🤔Mazkur o‘quv-amaliy mashg‘ulot pedagoglarda ilmiy asoslangan ijodkorlikni, amaliy tajribaga tayangan holda ishlash ko‘nikmalarini hamda loyihaviy faoliyatni samarali tashkil etish bo‘yicha kasbiy salohiyatni yanada mustahkamlashga xizmat etdi.


