Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun

Mazkur topshiriqlar doirasida Ozarbayjon va Malayziyada malaka oshirib qaytgan mentor ustozlar tomonidan xorijda malaka oshirayotgan pedagog kadrlar uchun tajriba almashish seminar-treninglari tashkil etildi.

✍️Seminar jarayonida xorijiy ta’lim tajribasiga asoslangan zamonaviy pedagogik metodlar, dars jarayonida innovatsion yondashuvlar hamda o‘quv faoliyatini takomillashtirishga xizmat qiluvchi samarali usullar chuqur o‘rganildi. Tadbir mentor ustozlar va ishtirokchilar o‘rtasida amaliy tajriba almashuvini yo‘lga qo‘yish, xalqaro ta’lim yondashuvlarini tizimli joriy etish va o‘qituvchilarning pedagogik imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qildi.

✍️Tadbir yakunida ishtirokchilar mentor ustozlarning xorijda egallagan bilim va tajribasi ta’lim jarayonini takomillashtirishda muhim omil ekanini ta’kidlab, o‘z kasbiy faoliyatlarida qo‘llash uchun zarur bo‘lgan amaliy tavsiyalar va metodik ko‘rsatmalarga ega bo‘ldilar.


5-12-2025, 21:06
Ko'rishlar: 46
Sahifani chop etish