✍️Seminar jarayonida xorijiy ta’lim tajribasiga asoslangan zamonaviy pedagogik metodlar, dars jarayonida innovatsion yondashuvlar hamda o‘quv faoliyatini takomillashtirishga xizmat qiluvchi samarali usullar chuqur o‘rganildi. Tadbir mentor ustozlar va ishtirokchilar o‘rtasida amaliy tajriba almashuvini yo‘lga qo‘yish, xalqaro ta’lim yondashuvlarini tizimli joriy etish va o‘qituvchilarning pedagogik imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qildi.
✍️Tadbir yakunida ishtirokchilar mentor ustozlarning xorijda egallagan bilim va tajribasi ta’lim jarayonini takomillashtirishda muhim omil ekanini ta’kidlab, o‘z kasbiy faoliyatlarida qo‘llash uchun zarur bo‘lgan amaliy tavsiyalar va metodik ko‘rsatmalarga ega bo‘ldilar.




