Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun

Joriy yilning 12-yanvar kuni Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi tomonidan ingliz tili fani bo‘yicha malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.

✍️Mashg‘ulotni markaz direktorining ta’limni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi, xorijiy ekspert Solomons Donovan Benedict olib bordi. Seminar-trening “Mistakes and mindset” (“Xatolar va fikrlash”) mavzusiga bag‘ishlanib, unda ta’lim jarayonida xatolardan samarali foydalanish, o‘quvchilarda rivojlanishga yo‘naltirilgan fikrlashni shakllantirish hamda o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi zamonaviy yondashuvlarga alohida e’tibor qaratildi.

🤔Mashg‘ulot davomida tinglovchilar interfaol faoliyatlar va amaliy misollar orqali o‘z kasbiy tajribalarini boyitib, xorijiy tajribaga asoslangan pedagogik yondashuvlar bilan yaqindan tanishdilar.


15-01-2026, 16:36
Ko'rishlar: 3
Sahifani chop etish