✍️Mashg‘ulotni markaz direktorining ta’limni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi, xorijiy ekspert Solomons Donovan Benedict olib bordi. Seminar-trening “Mistakes and mindset” (“Xatolar va fikrlash”) mavzusiga bag‘ishlanib, unda ta’lim jarayonida xatolardan samarali foydalanish, o‘quvchilarda rivojlanishga yo‘naltirilgan fikrlashni shakllantirish hamda o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi zamonaviy yondashuvlarga alohida e’tibor qaratildi.
🤔Mashg‘ulot davomida tinglovchilar interfaol faoliyatlar va amaliy misollar orqali o‘z kasbiy tajribalarini boyitib, xorijiy tajribaga asoslangan pedagogik yondashuvlar bilan yaqindan tanishdilar.


