Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun

Bugun butun yurtimizda o‘zbek adabiyotining buyuk siymosi Alisher Navoiy tavalludining qutlug‘ sanasi keng nishonlanmoqda. Joriy yilda bobokalonimiz tavalludining 585 yilligi munosabati bilan respublikamiz bo‘ylab qator ilmiy, adabiy va ma’naviy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Allomaning boy ilmiy va adabiy merosi ona tilimizni ulug‘lash, milliy adabiyotimizni rivojlantirish hamda xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishda beqiyos ahamiyat kasb etmoqda.

✍️Hazrat Nizomiddin Mir Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevral kuni Hirot shahrida tavallud topgan. U o‘zining serqirra ijodi, nodir devonlari, betakror g‘azal va dostonlari bilan nafaqat o‘zbek adabiyoti, balki jahon adabiyoti va tamadduni rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk siymodir.

Tadbir davomida Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga oid ma’ruzalar tinglandi, uning asarlaridan parchalar o‘qildi hamda alloma merosining bugungi yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.


9-02-2026, 19:34
Ko'rishlar: 23
Sahifani chop etish