✍️Hazrat Nizomiddin Mir Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevral kuni Hirot shahrida tavallud topgan. U o‘zining serqirra ijodi, nodir devonlari, betakror g‘azal va dostonlari bilan nafaqat o‘zbek adabiyoti, balki jahon adabiyoti va tamadduni rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk siymodir.
Tadbir davomida Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga oid ma’ruzalar tinglandi, uning asarlaridan parchalar o‘qildi hamda alloma merosining bugungi yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.

