Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun


✍️Mazkur tadbir “Boshlangʻich va maxsus ta’lim metodikasi” kafedrasi tashabbusi bilan, kurs tinglovchilari ishtirokida tashkil etildi. Tadbir davomida mumtoz adabiyot namunalari asosida tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar, g‘azal va ruboiylardan parchalar hamda ma’naviy-ma’rifiy kompozitsiyalar namoyish etildi.

✅Tadbirni filologiya fanlari doktori, professor Sabirova Nasiba Ergashevna kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida buyuk mutafakkirlar merosining yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati, milliy qadriyatlar va yuksak ma’naviyatni shakllantirishdagi o‘rni haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

✍️Tadbir ishtirokchilari tomonidan namoyish etilgan ijodiy chiqishlar katta qiziqish bilan kutib olindi. Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir tinglovchilarda mumtoz adabiyotga bo‘lgan hurmat va qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.


14-02-2026, 22:16
Ko'rishlar: 12
Sahifani chop etish