🤔Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida 2026-yil 13-fevral kuni buyuk mutafakkirlar — Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga bag‘ishlangan “Bir davrning ikki dahosi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

✍️Mazkur tadbir “Boshlangʻich va maxsus ta’lim metodikasi” kafedrasi tashabbusi bilan, kurs tinglovchilari ishtirokida tashkil etildi. Tadbir davomida mumtoz adabiyot namunalari asosida tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar, g‘azal va ruboiylardan parchalar hamda ma’naviy-ma’rifiy kompozitsiyalar namoyish etildi.

✅Tadbirni filologiya fanlari doktori, professor Sabirova Nasiba Ergashevna kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida buyuk mutafakkirlar merosining yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati, milliy qadriyatlar va yuksak ma’naviyatni shakllantirishdagi o‘rni haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

✍️Tadbir ishtirokchilari tomonidan namoyish etilgan ijodiy chiqishlar katta qiziqish bilan kutib olindi. Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir tinglovchilarda mumtoz adabiyotga bo‘lgan hurmat va qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.

14-02-2026, 22:16
Sahifaga qaytish