BUGUN, 8-aprel kuni Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi "Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari" kafedrasi malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun Muhammad Rizo Ogohiy ijod maktabi amaliyotchi psixologi Atajanova Maqsuda tomonidan “XXI asr psixologiyasi” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda zamonaviy psixologiya fanining ustuvor yo‘nalishlari, globallashuv sharoitida shaxs psixologiyasining o‘zgarishlari hamda ta’lim jarayonida psixologik yondashuvlarning ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilindi.
↪️Shu bilan birga, seminar davomida pedagoglarning psixologik kompetentligini oshirish, emotsional intellektni rivojlantirish, ta’lim jarayonida samarali psixologik texnologiyalarni qo‘llashga oid amaliy tavsiyalar berildi. 

