Seminarda zamonaviy psixologiya fanining ustuvor yo‘nalishlari, globallashuv sharoitida shaxs psixologiyasining o‘zgarishlari hamda ta’lim jarayonida psixologik yondashuvlarning ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilindi.
↪️Shu bilan birga, seminar davomida pedagoglarning psixologik kompetentligini oshirish, emotsional intellektni rivojlantirish, ta’lim jarayonida samarali psixologik texnologiyalarni qo‘llashga oid amaliy tavsiyalar berildi.

