Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va sanʼat homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi 46-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida,
 
↪️ Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi direktori tomonidan tasdiqlangan tadbirlar dasturiga muvofiq “Sohibqiron merosi – abadiy faxrimiz” mavzusida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

😎 Mazkur tadbirni markaz direktori, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Salayev Jasurbek Kamilovich kirish so‘zi bilan ochib berdi.

⭐ Tadbir yuqori tashkiliy darajada, mazmunan boy va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Intellektual bahs-munozaralarga boy bo‘lgan o‘yinda ishtirokchilar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.

✨ 🤝 Tadbir yakunida g‘olib jamoalar markazning tashakkurnomalari hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan munosib taqdirlandilar.


18-04-2026, 11:15
Ko'rishlar: 12
Sahifani chop etish