↪️ Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi direktori tomonidan tasdiqlangan tadbirlar dasturiga muvofiq “Sohibqiron merosi – abadiy faxrimiz” mavzusida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
😎 Mazkur tadbirni markaz direktori, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Salayev Jasurbek Kamilovich kirish so‘zi bilan ochib berdi.
⭐ Tadbir yuqori tashkiliy darajada, mazmunan boy va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Intellektual bahs-munozaralarga boy bo‘lgan o‘yinda ishtirokchilar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.
✨ 🤝 Tadbir yakunida g‘olib jamoalar markazning tashakkurnomalari hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan munosib taqdirlandilar.



