Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PF–19-son Farmoniga muvofiq, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘yin asosida ta’lim jarayonini joriy etish maqsadida “Bola, o‘yin va pedagog” loyihasi amalga oshirilmoqda.

✅ Mazkur vazifa ijrosini ta’minlash doirasida 2026-yil 27–30-aprel kunlari Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) mutaxassislari ishtirokida pedagogika oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislari uchun seminar-treninglar tashkil etildi.

↪️ Ushbu seminar-treninglarda Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi maktabgacha ta’lim metodisti Xasanova Shaxnoza Omonbayevna ham faol ishtirok etmoqda.

🤔 Seminar davomida o‘yin asosida ta’limni samarali tashkil etish, bolalarning rivojlanishida o‘yin faoliyatining ahamiyati hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlar yuzasidan tajriba almashilmoqda.


29-04-2026, 09:28
Ko'rishlar: 37
Sahifani chop etish