✅ Mazkur vazifa ijrosini ta’minlash doirasida 2026-yil 27–30-aprel kunlari Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) mutaxassislari ishtirokida pedagogika oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislari uchun seminar-treninglar tashkil etildi.
↪️ Ushbu seminar-treninglarda Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi maktabgacha ta’lim metodisti Xasanova Shaxnoza Omonbayevna ham faol ishtirok etmoqda.
🤔 Seminar davomida o‘yin asosida ta’limni samarali tashkil etish, bolalarning rivojlanishida o‘yin faoliyatining ahamiyati hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlar yuzasidan tajriba almashilmoqda.