Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun

 BUGUN, 25-may kuni Xalq deputatlari Xiva shahar Kengashi deputati, Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), faxriy professor Salayev Jasurbek Kamilovich tomonidan Xiva shahri Gulshan-2 mahallasida ijtimoiy himoya reyestrida ro‘yxatda bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olinib, ular bilan samimiy muloqot tashkil etildi.

✅ Uchrashuv davomida Qurbon hayiti munosabati bilan Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari asosida "Davlat ta’minotidagi oilalar" hamda "O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz shaxslar" toifasiga kiruvchi oilalarga "Vaqf" xayriya jamoat fondi tomonidan bayram sovg‘alari topshirildi.

😎 Mazkur ezgu tashabbus aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mehr-oqibat va insonparvarlik qadriyatlarini mustahkamlash hamda jamiyatda saxovat va hamjihatlik muhitini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.


25-05-2026, 16:28
Ko'rishlar: 8
Sahifani chop etish