✅ Uchrashuv davomida Qurbon hayiti munosabati bilan Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari asosida "Davlat ta’minotidagi oilalar" hamda "O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz shaxslar" toifasiga kiruvchi oilalarga "Vaqf" xayriya jamoat fondi tomonidan bayram sovg‘alari topshirildi.
😎 Mazkur ezgu tashabbus aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mehr-oqibat va insonparvarlik qadriyatlarini mustahkamlash hamda jamiyatda saxovat va hamjihatlik muhitini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.


