Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun


✅ Markaz direktori, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), faxriy professor Salayev Jasurbek Kamilovich rahbarligida ta’lim sifatini oshirish va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni keng joriy etish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.

✍️ Ana shunday tashabbuslar doirasida Urganch shahar 2-son akademik litseyi nemis tili fani o‘qituvchisi, Goethe Institut multiplikatori Nurullayeva Nigora Nazirovna tomonidan nemis tili kursi tinglovchilari guruhi uchun mahorat darsi o‘tkazildi.

✍️ Mashg‘ulot davomida nemis tilini fanini qiziqarli va samarali o‘qitishga xizmat qiluvchi interaktiv, harakatli hamda o‘yinli metodikalar amaliy tarzda namoyish etildi.

✉️ Mazkur mahorat darsi ishtirokchilarga zamonaviy metodlarni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha yangi tajriba va ilhom bag‘ishlab, chet tillarini o‘qitish sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.

Bizni kuzatishda davom eting


16-06-2026, 21:48
Ko'rishlar: 20
Sahifani chop etish