Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida nemis tili fani kursi tinglovchilari uchun mahorat darsi tashkil etildi.

Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida nemis tili fani kursi tinglovchilari uchun mahorat darsi tashkil etildi.



✅ Markaz direktori, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), faxriy professor Salayev Jasurbek Kamilovich rahbarligida ta’lim sifatini oshirish va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni keng joriy etish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.

✍️ Ana shunday tashabbuslar doirasida Urganch shahar 2-son akademik litseyi nemis tili fani o‘qituvchisi, Goethe Institut multiplikatori Nurullayeva Nigora Nazirovna tomonidan nemis tili kursi tinglovchilari guruhi uchun mahorat darsi o‘tkazildi.

✍️ Mashg‘ulot davomida nemis tilini fanini qiziqarli va samarali o‘qitishga xizmat qiluvchi interaktiv, harakatli hamda o‘yinli metodikalar amaliy tarzda namoyish etildi.

✉️ Mazkur mahorat darsi ishtirokchilarga zamonaviy metodlarni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha yangi tajriba va ilhom bag‘ishlab, chet tillarini o‘qitish sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.

Bizni kuzatishda davom eting

16-06-2026, 21:48
Sahifaga qaytish