1-oktabr-O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Quvnoq startlar” musobaqasi

1-oktabr-O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Quvnoq startlar” musobaqasi

27-sentabr kuni Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan qiziqarli sport tadbiri — “Quvnoq startlar” musobaqasi tashkil etildi.

😃Ushbu musobaqada professor-o‘qituvchilar, fan metodistlari va pedagoglardan iborat jamoalar faol ishtirok etib, o‘zaro do‘stlik, hamjihatlik, mehr-oqibat va sog‘lom raqobatni namoyon qilishdi.

😃Tadbirda markaz direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, faxriy professor Salayev Jasurbek Komilovich so‘zga chiqib, barcha ustozlarni bayram bilan tabrikladi va ularga kelgusida ham muvaffaqiyatlar tiladi.

🏆 Musobaqa qizg‘in bellashuvlar, ko‘tarinki kayfiyat va quvnoq muhitda o‘tdi. Tadbir ishtirokchilarga nafaqat sport ruhini, balki bayramona shukuhni ham ulashdi.

✨Barcha o‘qituvchi va murabbiylarimizni chin qalbimizdan kasb bayrami bilan muborakbod etamiz?
29-09-2025, 19:44
Sahifaga qaytish