“Bugungi 70 yosh – ortga boqib faxr bilan, kelajak sari umid bilan tashlanadigan oltin davr.”

“Bugungi 70 yosh – ortga boqib faxr bilan, kelajak sari umid bilan tashlanadigan oltin davr.”

Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida “Xiva tongi” gazetasi muxbiri, iste’dodli ijodkor, jurnalist va bir qator nasriy asarlar muallifi Sherjon Masharipovning 70 yillik yubileyiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.

✍️Tadbir dasturi doirasida mehmonlar avval Xiva shahridagi Said Muxammad Moxiro'y majmuasi ziyoratgohini ziyorat qilib, so‘ng Pedagogik mahorat markazi huzuridagi muzey bilan tanishdilar.

✍️Adabiy-badiiy kechani Pedagogik mahorat markazi direktori, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent va faxriy professor Salayev Jasurbek Komilovich ochib berdi. U o‘z nutqida Sherjon Masharipovning jurnalistika sohasidagi yuksak professional faoliyati, ijodiy merosi hamda yosh jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlashdagi katta hissasi haqida so‘z yuritdi.

✍️Shuningdek, Yozuvchilar uyushmasi bo‘limi raisi Gavharjon Ibodullayeva hamda Sport va madaniyat hodimi faxriysi Shokir Madaminov ustoz-jurnalistning fidokorona mehnati, ommaviy axborot vositalari nufuzini oshirishdagi xizmatlari va yillar davomida amalga oshirgan samarali ijodi haqida iliq fikrlarini bildirdilar.
3-12-2025, 16:50
Sahifaga qaytish